

Bunga sabab "matraschilar"ga tegishli bo'lgan "Alaves" himoyachisi Teo Ernandesdir. Oldinroq "Real" futbolchi bilan shartnoma borasida kelishib olgani e'lon qilingan edi. "Atletiko"dagilarning fikricha, "Real" Ernandes bilan muzokara o'tkazib, qoidalarni buzgan. FIFA qoidalariga ko'ra, klub futbolchi bilan shartnomasi yakunlanishiga olti oy qolganda muzokara o'tkazishi mumkin. "Atletiko" va Ernandes o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozigacha amalda.



