"Atletiko" tarixidagi eng kuchli darvozabon aniqlandi

Alisher
26 mar 2020, 18:43
Ispaniyaning Marca nashri "matraschilar" muxlislari orasida so'rovnoma o'tkazdi.

Birinchi o'rinni 78% bilan "Atletiko"ning hozirgi darvozaboni Yan Oblak egalladi. Sloveniyalik posbon bu borada Tibo Kurtua va Abel Resinolarni ortda qoldirdi. Ushbu ikki darvozabon 6%dan ovoz olishgan.

Kuchli beshlikdan shuningdek Xose Molina va Migel Reynalar ham joy olgan - 3% dan.

Takidlash kerakki, ushbu so'rovnomadan hozirda MYUda o'ynayotgan "Atletiko" tarbiyalanuvchisi David De Xea o'rin egallamadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca