La Liga. "Atletiko" va "Real Sosedad" o'rtasidagi o'yinda 5 ta gol urildi

Alisher Ostonov
8 mar 2026
La Liga 27-tur doirasidagi "Atletiko" - "Real Sosedad" o'yini bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Ispaniya kubogining finalchilari o'zaro to'qnash keldi.

O'yinning 8-daqiqasidayoq Aleksandr Sorlot hisobni ochdi, ammo 9-daqiqada Karlos Soler tezda hisobni tenglashtirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Niko Gonsales 67-daqiqasida jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, ammo bir daqiqa o'tib Mikel Oyarsabal hisobni yana tenglashtirdi. Niko Gonsales 81-daqiqada dubl qayd etdi va ushbu gol madridliklarga g'alaba taqdim etdi.

"Atletiko" La Ligada 27 o'yindan so'ng 54 ochko jamg'argan holda uchinchi o'rinda bormoqda. "Real Sosedad" esa 35 ochko bilan sakkizinchi o'rinda joylashgan.


7 mar 2026, 22:30
Atlético Madrid — Real Sociedad
3 – 2
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia