"Atletiko" prezidenti: "Bizga Mbappe kerak emas"

Sherzod Nurmatov
13 okt 2022
Madridning "Atletiko" klubi prezidenti Enrike Serezo PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash imkoniyati haqida fikr bildirdi.

"Bizga Mbappe kerak emas. Lekin shuni ayta olamanki, Kilian istalgan klubda o'z o'rniga ega bo'lardi", – dedi Serezo.

Avvalroq Mbappe PSJda o'zini siyosiy bosim qurbonidek his qilayotgani haqida xabar berilgandi.

23 yoshli Mbappe joriy mavsum PSJ safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca