"Atletiko" "Portu" forvardi Korona bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi

Alisher
12 iyun 2021, 13:43
"Atletiko" "Portu" hujumchisi Xesus Korona bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi.

Manbaning xabariga ko'ra, 28 yoshli meksikalik futbolchining agenti Madrid klubiga 2022 yilning yozida o'yinchi bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolashni taklif etdi, ammo ispan tomoni bunday variantdan voz kechdi.

"Atletiko" futbolchining bonuslar bo'yicha yuqori talabidan so'ng, taklifga rad javobini berdi.

Korona 2020/21 yilgi mavsum "Portu" tarkibida 48ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 13ta assist qayd etdi. O'yinchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Record