“Atletiko“ o'z tarkibini braziliyalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi

5 fev 2020, 23:24
“Mundo Deportivo” xabariga ko'ra, “Gremio“ yarim himoyachisi Everton Soares yozda Yevropaga ko'chib o'tishi mumkin.

23 yoshli futbolchiga Madridning “Atletiko“ klubi da'vogarlik qilmoqda. “Matraschilar“ o'yinchi uchun 45 million evro to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Evertonning “Gremio“ bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Mazkur bitimda futbolchining tovon puli 120 million evro qilib ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo