"Atletiko" Oblakni dunyoning eng ko'p maosh oluvchi darvozaboniga aylantirmoqchi

Aslanov Jasurbek
14 noya 2018, 18:45
"Atletiko" rahbariyati jamoa darvozaboni Yan Oblak bilan yangi bitim imzolash niyatida.

"Matraschilar" Oblakni jamoaning muhim futbolchilaridan biri sifatida ko'rmoqda va yaqin yillar ichida uni dunyoning eng ko'p maosh oluvchi darvozaboniga aylantirmoqchi.

Tomonlar yangi shartnoma borasida muzokara olib borishmoqda, hozircha bitim bo'yicha kelishilgani yo'q.

Oblak va "Atletiko" o'rtasidagi bitim yana 3 yil amalda bo'ladi. Posbonning shartnomasidagi tovon puli 100 mln evro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca