"Atletiko" nishonida – A Seriya hujumchilari

3 dek 2019, 22:37
Madridning "Atletiko" klubi Italiya chempionatidan hujumchi xarid qilishni niyat qilgan.

Kshishtof Pyontek (Milan) va Andrea Belotti (Torino) ispan klubi diqqat markazida turibdi. "Matraschilar" hujumi chizig'ida muammolar bor, shuning uchun mazkur poziciyani kuchaytirish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Pyontek haqida gap ketar ekan, polshalik hujumchi mavsum oxiriga qadar ijaraga olinishi mumkin. Bundan tashqari, madridliklar Belotti uchun 35 million evro taklif qilishga tayyorlar.

Kshishtof Pyontek.

Andrea Belotti.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS