"Atletiko" Lemarni "Arsenal" forvardi bilan almashmoqchi

Alisher
14 yanv 2020, 12:20
"Atletiko" yanvarda hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Matraschilar" PSJ hujumchisi Edinson Kavani bilan kelisha olishmadi.

Shundan so'ng "Atletiko" e'tiborini "Arsenal" bombardiri Aleksandr Lyakazettga qaratgan.

"Atletiko" Lyakazettni almashish orqali o'z tarkibiga jalb qilmoqchi. Buning uchun Madrid klubi o'z xavbeki Toma Lemarni taklif qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Lemar "Monako"dan 70 million evro evaziga xarid qilingan. "Arsenal" esa "Lion"ga Lyakazett uchun 53 million evro to'lagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: express.co.uk