"Atletiko" Kayo Enrikeni ortga qaytarishi mumkin

Alisher
14 apr 2020, 16:27
Braziliyalik yarim himoyachi Kayo Enrike Yevropada o'ynamoqchi.

"Atletiko" 22 yoshli xavbekni yaqin transferlar oynasida ortga qaytarmoqchi.

Enrike ayni damda ijara asosida "Gremio"da o'ynamoqda, uning "Atletiko" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. O'yinchining o'zi ham Yevropada o'ynashni xohlamoqda.

Enrike joriy mavsum barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS