"Atletiko" hujumchisi argentinalik narkotik sotuvchilar bilan aloqa qilganlikda gumonlanmoqda

Aslanov Jasurbek
7 fev 2018, 17:27
"Atletiko" hujumchisi Anxel Korrea Argentinada sud ishi bo'layotgan narkotik sotuvchilar guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

"Maymunlar" guruhi Santa-Feda narkotik biznesi bilan shug'ullangan. Ma'lumotlarga ko'ra, Korrea ushbu jinoyatchilar bilan 2012 yilda aloqada bo'lganlikda gumon qilinmoqda. Ayni damda xuddi shunday ayblov yana 25 kishiga e'lon qilingan. Futbolchini sudga chaqirishlari mumkin.

Joriy mavsum 22 yoshli argentinalik hujumchi LaLigada 22ta uchrashuv o'tkazib, 6ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS