"Atletiko" himoyachisi 1 yil deganda maydonga tushdi

Mirjalol Normatov
26 yanv 2020
"Atletiko" ayni damda Laliga doirasida "Leganes"ni qabul qilmoqda.

Mezbon jamoa tarkibida ilk daqiqalardan Shime Vrsalko ham maydonga tushdi. Bu uning 2019 yil yanvar oyidan buyon o'tkazgan ilk o'yinidir. U so'nggi o'yinini "Inter"da ijarada o'ynab yurganida Italiya Kubogi doirasida "Benevento"ga qarshi o'tkazgandi.

O'sha oyda u tizzasidan jarohat oldi va operaciya qilindi. Shu boisdan u bir yil davomida o'yinlarda qatnashmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia