"Atletiko" "Fluminense" o'yinchisi Markos Pauloning transferi borasida kelishuvga erishdi

Alisher
28 yanv 2021, 13:48
"Fluminense" yarim himoyachisi Markos Paulo faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

"Atletiko" futbolchining bitimi borasida kelishuvga erishdi, transfer yozda amalga oshadi. Xavbekning shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan.

Qayd etish kerakki, yarim himoyachi mavsum so'nggida shartnomasi yakunlangani sabab klubdan tekinga ketish huquqiga ham ega edi, ammo u "Fluminense" uning ketishidan pul olishini xohlaydi.

"Atletiko"ning u bilan shartnoma imzolashida muhim faktorlardan biri Markosda Portugaliya fuqaroligi borligi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As