“Atletiko” Errera bilan kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
19 mar 2019, 00:13
“Portu” yarim himoyachisi Ektor Errera faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

"O'Jogo" xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi “Atletiko” bilan 5 yillik shartnomaga qo'l qo'yishga rozilik bergan. U erkin agent sifatida “matraschilar” safiga o'tadi.

Ushbu mavsumda Errera Portugaliya chempionatida 26 o'yinda qatnashib, 4 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: O'Jogo