Atletiko Diego Kostani sotib olmagan ekan

Narzulla Saydullayev
2 okt 2017
Diego Kostaning Chelsidan Atletikoga transferi ma'lumotlari ma'lum bo'ldi.

London klubi 28 yoshli ispaniyalik futbolchini bu mavsum 6 million evroga ijaraga berishga rozi bo'ldi. Yozda madridliklar uni 60 mlnga sotib olishlari kerak.

Bunga moliyaviy feyr-pley sabab bo'ldi.

Chelsi 2018 yil iyul oyida pullarning dastlabki qismini qabul qilib oladi. Atletiko katta ehtimol bilan Antuan Grizmanni sotish orqali olgan pullariga Kostani xarid qiladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: thetimes.co.uk