"Atletiko" darvozaboni "Lill"ga o'tishi mumkin

Alisher
7 avg 2021, 10:17
Darvozabon Ivo Grbich yozda "Atletiko"dan "Lill"ga o'tishi mumkin.

Fransiya klubi 25 yoshli xorvatiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Lill"ning asosiy darvozaboni Mayk Menyan ushbu yozda "Milan"ga 13 million evro evaziga o'tgan edi.

Grbich 2020/21 yilgi mavsum 1ta o'yinda maydonga tushdi va gol o'tkazib yubormadi.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" Ivoni 2020 yilda Xorvatiyaning "Lokomotiv" klubidan xarid qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport