Atletiko – Atletik. Mezbonlar Falkaoni qo'llab-quvvatlashdi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2014, 09:07
Atletiko futbolchilari og'ir jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan Monako hujumchisi Radamel Falkaoni qo'llab-quvvatlashdi.
Madrid klubi futbolchilari Ispaniya kubogi 1/4 finali doirasidagi Atletikka qarshi o'yinga (1:0) matraschilarning sobiq hujumchisiga atalgan futbolkalarda tushishdi.

Eslatib o'tamiz, Falkao Fransiya kubogi doirasida  Mont d’Or Azerg klubiga qarshi o'yinda (3:0) jiddiy jarohat oldi.

Kolumbiyalik hujumchi 6-8 oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Falkaoning sog'lig'iga javobgar bo'lgan shifokor Joze Karlos Norona ma'lum qildi. Yaqin orada 27 yoshli hujumchi tizzasini operaciya qildiradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru