"Atletiko" argetinalik hujumchi Anxel Korreyani xarid qildi

Aslanov Jasurbek
12 dek 2014, 17:19
Madridning "Atletiko" klubi "San Lorenso" bilan argentinalik hujumchi Anxel Korreya borasida kelishuvga erishdi.

Bu haqda "San Lorenso" prezidenti Matias Lammens ma'lum qildi.

Bu haftada ikki klub vakillari muzokaralar o'tkazishdi va ispanlar futbolchi uchun 5,6 mln evro to'lashadi. Ammo Korreya hozircha poytaxtilar safida maydonga tushmaydi. U 2015 yilning yanvaridan ijara asosida "Rayo Valekano"da to'p tepadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com