
Madridliklar 25 yoshli Braziliya terma jamoasi o'yinchisining taqdirini kelasi yilning aprelida hal etishadi, deb xabar beradi AS.
Manbaning xabariga ko'ra, “Atletiko” o'zining eng yaxshi hujumchisi bilan xayrlashishni istamayapti va uni jamoada olib qolish uchun Diegoning maoshini ham oshirishga tayyor. Biroq hujumchi ketishga qatiy qaror qilsa, “Atletiko” uni to'xtatib qolmaydi.
Eslatib o'tamiz, Kostaning transfer narxi – 38 million evroni tashkil etadi. Ayni paytda unga “Borussiya”, “Chelsi”, “Arsenal” va ikkala manchester klublari qiziqishmoqda.