"Atletiko" A Seriyaning 2 vakiliga qiziqib qoldi

25 mar 2020, 01:35
"El Desmarque" ma'lumotiga ko'ra, "Atletiko" rahbariyati yozda jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"Matraschilar"ning e'tibori "Napoli" futbolchilariga qaratilgan. Ular ispaniyalik Xose Kalexon va belgiyalik Dris Mertensni o'z saflariga qo'shib olishmoqchi. Ma'lumot uchun, har ikki futbolchining Neapol klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida nihosiga etadi. Ular Diego Simeone jamoasi safiga erkin agent sifatida qo'shilishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Desmarque