“Atletiko” 2016 yildan buyon La Ligada “Real”ni mag'lub eta olmayapti

Aslanov Jasurbek
13 dek 2020, 09:50
La Liga 13-turi doirasida chempionat karvonboshisi “Atletiko” safarda “Real”ga (0:2) mag'lub bo'ldi.

Diego Simeone jamoasi 2016 yilning 27 fevralidan buyon “Real”ni Ispaniya chempionatida mag'lub eta olmayapti. O'shanda “matraschilar” qirollik klubini 1:0 hisobida mag'lub etgandi.

O'sha bellashuvdan keyin o'tkazilgan 9 ta uchrashuvning 5 tasida durang qayd etilgan bo'lsa, 4 bellashuvda “Real” g'olib chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru