“Atletik” yetakchisi ikki haftadan so'ng safga qaytadi

25 dek 2019, 08:04
Muniain oyoq mushaklaridan jarohat olgan.

“Atletik” vingeri Iker Muniain oyoq mushaklaridan olgan jarohatidan tez orada forig' bo'lishi aytilmoqda. Ispan OAVlari xabariga ko'ra Muniain ikki haftadan so'ng maydonga tushishi mumkin bo'ladi.

Futbolchi 6 haftadan buyon jarohatini davolatmoqda. U Ispaniya Kubogi 1/32 finali doirasida 11 yanvar sanasida “Sestao”ga qarshi bahsga qadar safga qaytadi.

27 yoshli Iker joriy mavsum La Ligada 13 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Espana