“Atalanta” murabbiyi ikkita o'yinga chetlatildi

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2017
Italiya A Seriyasi tartib-intizom qo'mitasi “Atalanta” bosh murabbiyi Jan Pero Gasperinini ikkita o'yinga chetlatish haqida qaror qabul qildi.

58 yoshli mutaxassis Italiya chempionatining 20-turida jamoasining “Lacio” ga (1:2) qarshi uchrashuvining 79-daqiqasida maydondan chetlatilgandi. Uchrashuv davomida murabbiy bir necha bor bosh hakamning qarorlariga qo'pol tarzda noroziligini bildirgan va zaxira hakami shaniga nomaqbul fikrlarni bildirgan edi.

Shu  tariqa Gasperini jamoasining ikkita uchrashuvini (“Sampdoriya” va “Torino”) tribunadan turib kuzatishga majbur.

“Atalanta” ayni paytda A seriya turnir jadvalida 35 ochko to'plab ettinchi pog'onani egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia