"Atalanta" Malinovskiyning narxini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
23 avg 2022
"Atalanta" yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy Bergamo klubi bosh direktori Luka Perkassi bilan uchrashib, kelajagi haqida gaplashdi.

"Sport Italia" xabariga ko'ra, rahbariyat Ruslanni boshqa klubga qo'yib yubormoqchi emas. Shu bilan birga, futbolchining o'zi "Marsel"ga o'tmoqchi emas, ammo ijara asosida "Tottenxem"ga o'ynashga tayyor.

"Atalanta" Ukraina terma jamoasi futbolchisi uchun 18-20 million evro olishi kutilmoqda, biroq hozircha uni sotib olish bo'yicha takliflar bo'lmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Italia