"Atalanta", "Lion" va "Marsel" Boga uchun kurashadi

Alisher
29 may 2021
"Sassuolo" hujumchisi Jeremi Boga yozda jamoadan kyetishi mumkin.

24 yoshli ivuarlik futbolchi "Marsel"ga o'tishga qiziqmoqda. Italiya klubi o'z o'yinchisi uchun 20 million evrodan kam olmoqchi emas.

Fransiya klubi sport direktori almashinuvga umid qilmoqda. Bogaga shuningdek "Atalanta" va "Lion" davogarlik qilmoqda.

Boga joriy mavsum "Sassuolo" tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato