"Atalanta" futbolchisi hayot uchun kurashmoqda

Mirjalol Normatov
10 may 2020, 12:56
"Atalanta"ning 19 yoshli futbolchisi Andrea Rinaldi ayni damda miyasi anevrizm bo'lgani sababli hayot uchun kurashmoqda.

"Football Italia" xabariga ko'ra, Rinaldi hozirda Varezadagi shifoxonaning reanimaciya bo'limiga joylashtirilgan. Uning holati "juda og'ir"ga baholangan, biroq hozircha u vafot etmagan.

Rinaldi "Lenyano" jamoasi tarkibida ijarada harakat qilayotgandi. Uning jamoasi D Seriyada 2-o'rinni egallab turgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia