"Atalanta" CHLdagi o'yinlarini "Inter" va "Milan" stadionida o'tkazmoqchi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2019
O'z tarixida ilk marta Chempionlar ligasida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritgan "Atalanta" ushbu turnirdagi uy uchrashuvlarini o'tkazish uchun stadion izlamoqda.

Klubning Bergamodagi "Adzurri d′Italiya" stadioni rekonstrukciyada va evrokubok darajasidagi bahslarni qabul qila olmaydi.

"Atalanta"ning asosiy varianti "Milan" va "Inter" foydalanadigan "San Siro" hisoblanadi.

"Inter" bunga qarshi emas, biroq "Milan" hozircha o'z javobini aytgani yo'q. Bu borada yakuniy qaror tez orada qabul qilinadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia