"Atalanta" 22 millionlik transferni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2022
Yarim himoyachi Jeremi Boga "Sassuolo"dan "Atalanta"ga o'tdi.

25 yoshli ivuarlikning shartnomasi borasida ma'lumotlar berilganicha yo'q.

Insayder Fabricio Romanoning yozigicha, Boga uchun Bergamo klubi 22 million evro to'lagan va bonuslar vada qilingan.

Ushbu mavsumda vinger A Seriyaning 12 o'yinida qatnashib, 2 golli pas amalga oshirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/Atalanta_BC