"Aston Villa" "Siti" hujumchisini sotib olmaydi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2015, 14:33
"Aston Villa" "Manchester Siti" hujumchisi Skott Sinklerni sotib olmaslikka qaror qildi.
Oldinroq "villanlar" 25 yoshli Sinklerning transferi borasida muzokara o'tkazishgandi. Biroq "Siti" o'z futbolchisi uchun 2.5 million funt so'radi. Bunga Skottning katta maoshini ham qo'shsak nima uchun Birmingem klubi hujumchidan voz kechganini tushunib olish qiyin emas.

"Bo'ldi, hech nima sodir bo'lmaydi. Shunchaki kelisha olmadik", - deydi "Aston Villa" ustozi Pol Lambert Sky Sports nashriga.

"Siti" Sinklerni 2012 yil "Suonsi"dan 6.2 mln. funt evaziga sotib olgandi. Ikki yarim yil davomida Skott "shaharliklar" safida atiga 3 bor asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru