"Aston Villa" himoyachisi tizzasidan jiddiy jarohat oldi

Omonjon To`xtamirzayev
14 avg 2023
Bu haqida Birmingem klubi matubot xizmati xabar berdi.

"Aston Villa" himoyachisi Tayron Mings tizzasidan jiddiy jarohat oldi. 

Angliya termasi himoyachisi APL yangi mavsum 1-turi doirasida "Nyukasl" bilan o'yinning (1:5) 31-daqiqasida jarohat oldi va uni Pau Torres alishtirdi.

Futbolchi jarrohlik stoliga yotadi va undan so'ng, uzoq muddat tiklanish jarayonini boshdan o'tkazadi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/avfcofficial