"Aston Villa" APLga chiqsa, Terri "Chelsi" bilan o'ynaydimi?

Aslanov Jasurbek
24 may 2018, 10:49
"Aston Villa" himoyachisi Jon Terri o'z klubi bilan shartnomani uzaytiradi.

Terri "Chelsi"ni tark etayotganida, sobiq jamoasiga qarshi o'ynamaslik uchun Chempionship klubiga o'tgan edi. Endi "Aston Villa" Premer-ligada o'ynashga yaqin turibdi. Agar ular "Fulxem"ni mag'lub etishsa, APL yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Himoyachi shartnomasiga yangi band kiritmoqchi. Unga ko'ra, Terri "Chelsi"ga qarshi bahslarda maydonga tushmaydi.

Jon Terri 1998-2017 yillarda "Chelsi" sharafini himoya qilgan. Futbolchi klubda 713ta o'tkazib, 66ta gol urgan.

"Aston Villa" - "Fulxem" o'yini 26 may kuni Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph