"Astana" ketma-ket uchinchi bor Qozog'iston Superkubogini qo'lga kiritdi

Mirjalol Normatov
1 mar 2020, 10:58
Kecha Qozog'iston Superkubogi doirasida "Astana" - "Qaysar" jamoalari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Per Sotiriuning kiritgan goli "Astana"ga g'alaba va sovrinni taqdim qildi. O'yin kecha Kostanay shahrida bo'lib o'tdi. 

Nur-Sulton jamoasi o'z tarixida beshinchi bor bunday sovringa ega chiqmoqda. Bunga qadar ular 2011, 2015, 2018 va 2019 yillarda ham Superkubok sovrinini boshi uzra baland ko'targandi.

Qozog'iston Superkubogi

"Astana" - "Qaysar" 1:0

Gol: Per Sotiriu 40

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia