Asror Aliqulov: "Raqibda 65-70 daqiqalardan so'ng bo'shliqlar paydo bo'lishini kutgandik"

Alisher Ostonov
20 apr 2025, 02:35
Superliga 6-tur doirasidagi "Sho'rtan" - "Mashal" (0:1) o'yinidan so'ng muborakliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchidan, bu Superliganing 6-tur o'yini, ikkinchidan derbi edi. "Sho'rtan" anchadan beri bilamiz, ushbu jamoa pressing qilishni yaxshi ko'radi va biz bunga tayyorlangandik. Raqibda 65-70 daqiqalardan so'ng bo'shliqlar paydo bo'lishini kutgandik va shu sabab ayrim o'yinchilarimizni zaxira o'rindig'iga qo'ygandik. O'yin so'nggida birinchi goldan so'ng yanada aqlliroq o'ynaganimizda ikkinchisini ham kiritishimiz mumkin edi.

- Doston To'xtaboev so'nggi paytlarda ko'rinmayapti.

- U mavsum boshida raqobatda yutib chiqqani uchun harakat qilgandi. Ammo, so'nggi o'yinlarda yirik mag'lubiyat qabul qilib oldik. Uni qo'llab-quvvatlaymiz. Hozirda Umid Hamroevga ishonch bildiryapmiz, ikkalasi ham bizning futbolchilar. Qaysi biri tayyor bo'lsa, o'shani maydonga tushiramiz.

- Zaxira bo'yicha qilingan o'zgarishlar o'zini oqladi deb o'ylaysizmi?

- Ha, raqib 65-70 daqiqada pressingda o'ynaganidan keyin bo'shliqlar bo'lishini bilgan holda tezroq va abjirroq o'yinchilarimizni zaxirada qoldirgandik.

- Faoliyatingizda asosan "Sho'rtan" va "Mashal" o'tkazgansiz. Ammo, eng ko'p "Sho'rtan"ni mag'lub etgansiz. Bu raqibni bilishingizni anglatadimi yoki "Mashal" kuchlimi?

- Ayniqsa, raqibning yarim himoya chizig'i yaxshi o'ynadi. To'p bilan muamoalar qilishi va texnik jihatlari yaxshi.



O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia