Asror Aliqulov: "Qizilqum"ga qarshi o'yinda bizga oson bo'lmaydi"

Khoja
27 iyun 2024, 09:00
Pro liganing 14-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Do'stlik" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Do'stlik" jamoasi hozirda yangi bosh murabbiy bilan ishlayapti. Bu jamoa hozirga kelib chempionat yetakchi jamoalaridan ochko tortib olayapti. Ko'p gollar urayapti, jamoa hujumchisi Sherzod Qodirov qisqa fursatda to'purarlar safiga qo'shildi. Bugun kutganimizdek o'yin bo'ldi, raqib qarshi hujumlariga ehtiyotkor uslubni tanladik. Ko'p vaziyat yaratdik. G'alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman.

- Niyazmetov gol urgan vaziyatda almashtirdingiz. Uning gol urishini kutib turganmidingiz?

- Yo'q, unga ko'proq golli uzatmalar vazifasini qo'ygandik. Rustam o'yin davomida ko'p vaziyatlar yaratdi. Uning o'rniga qo'shilgan futbolchida ham ayni shunaqa vazifa bor edi. Shunga qaramay Niyazmetov o'zining kreativ harakatlari evaziga juda chiroyli gol urdi.

- Kubok o'yinlarida "Qizilqum"ga duch kelayapsiz. Sobiq jamoangizga qarshi o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?

- "Qizilqum" tarkibida legioner futbolchilari bo'lgan kuchli jamoa. Baribir Superliga klubi, bizga oson bo'lmaydi. Bu o'yin o'tdi, e'tiborni keyingi uchrashuvga munosib tayyorgarlik uchun qaratamiz.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia