Asror Aliqulov: "Hakamlar qarorini muhokama qilmaymiz"

Оқил Абдубарноев
13 iyun 2024
Pro liganing 12-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida...

- Oson o'yin o'tkazmadik. Yigitlar oxirigacha yaxshi harakat qilishdi. "Buxoro" Pro ligada eng kuchli jamoalardan biri. Bugun yigitlar iroda ko'rsatishdi.

- Legionerlar aksariyat o'yinlarda zaxiradan qo'shilishayapti. Bunga sabab nima?

- Jamoaviy bog'liqlik va futbolchilarning o'zaro bir-birlarini tushunishlarida bajarishimiz lozim bo'lgan ishlar bor. Legionerlar bilan til masalasida ham kichik muammolar uchrab turibdi.

- Humoyun Murtozaevga ko'rsatilgan qizil kartochka haqida fikringiz?

- Humoyun sherigini yonini olaman deb shunday holga tushib qoldi. Hakamlar qarorini muhokama qilmaymiz. Bu vaziyatda Murtozaev o'zini bosishi kerak edi.

- Sizningcha, ushbu mavsumda "Buxoro" kuchlimi yoki "Mashal"mi?

- Tarkib jihatdan "Buxoro" kuchli. Lekin "Mashal"ni kuchsiz deb aytmagan bo'lardim. Hozir bizda har qanday raqibga etarlicha raqobat tug'dira oladigan tarkib bor.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia