Asror Aliqulov: "Dastlabki daqiqlarda ustunlikka ega bo'layotgandik"

Aslanov Jasurbek
6 noya 2022, 21:35
Pro-liganing 25-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Sho'rtan" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqklov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Biz dastlabki daqiqalarda to'p nazorati va ustunlikka ega bo'layotgandik. Birga-vaziyat ham yaratdik, o'yin davomida "Yangier"da ham faollik oshdi. Qarshi hujumlarda imkoniyat yaratdik, gol urdik. Biroq so'ngi daqiqalarda o'z darvozamizdan gol o'tkazib yubordik va durang natija qayd etdik.

- 90+3 daqiqadagi o'zgarishlarning sababi nimada edi?

- Maqsad hujum chizig'ida bosimni oshirish edi. Biz uzun uzatmalarga qarshi ko'rsatma bergandik. Biroq so'ngi daqiqalarda jarima maydoni ichkarisida yo'l qo'yilgan xato evaziga gol o'tkazib yubordik.

- “Sho'rtan" 27-avgustdan buyon mag'lub bo'lgani yo'q. Jamoa hozir quyi beshlikda 1-o'rinni egallab turibdi. So'ngi o'yinlarda yoshlarga imkon berish varianti bormi?

- Bizda o'zi aksariyat yosh futbolchilar o'ynaydi. Rotaciyalarga ham qo'l urib turibmiz. Yosh futbolchilar jamoa falsafasiga moslashishlari uchun bir oz vaqt kerak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia