Asqar Umarov: “Jamoadagi yo'qotishlar uchrashuvga ta’sir qilmaydi deb o'ylayman”

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2016, 17:25
Bugun O'zbekiston Birinchiligi musobaqalarining 17-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Bu turda “Zomin”-“Nurafshon” uchrashuvidan oldin mezbonlar ustozining uchrashuv haqida fikri bilan qiziqdik.

-   “Bu uchrashuvga biz jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. 16-turda dam olganimiz yigitlarga bugungi uchrashuvga biroz kuch yig'ish uchun imkoniyat bo'ldi. Jamoaning asosiy tarkib o'yinchilaridan yo'qotishlar bor. Xususan asosiy futbolchilarimiz Shukurullo Joniqulov va Eldor Karimovning yo'qligini himoyada biz uchun biroz muammolar bor. Jamoadagi yo'qotishlar uchrashuvga ta’sir qilmaydi deb o'ylayman va raqibimizni yutishga harakat qilamiz”, - dedi murabbiy.


Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia