Asqar Umarov: “Jamoa turdan-turga yaxshi shakllanib bormoqda”

Narzulla Saydullayev
29 apr 2016, 10:42
O'zbekiston Birinchiligi bahslarining 6-tur bahslariga start berildi. Bugun tur doirasda “Xorazm” jamoasi “Zomin” jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuv haqida “Zomin” jamoasi murabbiy qo'yidagi fikrlarni bildirdi.

-   “Bizni yana bir muhim o'yin kutib turibdi. Ushbu uchrashuvga yigitlarning barchasi yaxshi formada. Oldingi turlardagi mag'lubiyatlardan to'g'ri xulosa chiqargan holda, maydonga faqat g'alaba qozonish uchun tushamiz. Garchi hozircha mag'lubiyatga uchrayotgan bo'lsakda, lekin jamoa turdan turga yaxshi shakllanib bormoqda. Faqat bizga biroz omad yetishmayapti. Keyingi uchrashuvlarda g'alabalarni o'z tomonimizga og'dirishga harakat qilamiz”, - dedi murabbiy.

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.   

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia