Aspilikueta: "Gollandiya terma jamoasiga qarshi o'yin oson bo'lmaydi"

Tolibjon Qosimov
6 iyun 2014, 15:47
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Sesar Aspilikuetaning so'zlariga ko'ra, guruhdagi gollandlar bilan o'yin oson bo'lmaydi va bu o'yindagi natija juda ham muhim.
“Ispaniya va Gollandiya terma jamoalari 2010 yilgi mundial finalida duch kelishgan. Ular albatta o'sha natija uchun o'ch olishni rejalashtirishgan, lekin biz ham bekorga maydonga chiqmaymiz. Hammamizga shunday o'yinlarda ishtirok etish yoqadi. Biz juda ham qiyin bo'lishi kutilayotgan o'yinga tayyor bo'lishimiz kerak”, - deydi Aspilikueta “Marca” nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com