Aspas: "Bu ikki futbolchi "Real"ga o'tmaydi"

Mirjalol Normatov
12 apr 2019
"Selta" hujumchisi Yago Aspas "Real"ga o'tishi mumkin bo'lgan futbolchilar haqida gapirdi.

"Aytilayotgan futbolchilardan menga Azar va Mbappe yoqadi. Pogba va Kante esa "Real"ga mos tushmaydi. Ular shu boisdan ham "Real"ga o'tmaydi. Jamoa tarkibida ulardan-da yaxshiroq futbolchilar bor. Sebalosga imkon berishmayapti. Tyago Alkantarani "Real"ga olib kelish kerakmikin. Uning o'yinlari menga juda yoqadi", - dedi Aspas.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca