Asiljon Begimqulov: "Kuchli jamoada zaxirada o'tirishdan ko'ra o'rtamiyona klubda o'ynashni afzal ko'rdim"

Iskandarov Abdulaziz
20 yanv 2022, 18:29
Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasini yana bir futbolchi Asiljon Begimqulov tark etdi.

O'tgan mavsumda asosan zaxiradan maydonga tushgan futbolchi qishki transferlar oynasi vaqtida jamoasini o'zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu borada uning o'zi quyidagi fikrlarni bildirdi. 

"So'g'diyona" jamoasi o'z oldiga o'tgan yilgidan ham katta maqsadlarni qo'ymoqda. Shu bois jamoani kuchaytirishyapti. Rejalarim ko'p. Nasib qilsa yangi jamoam bilan shartnoma tuzganimdan so'ng bilib olasiz. Jizzaxda o'ynab ketishimga ishongandim. Kuchli jamoada zaxirada o'tirishdan ko'ra o'rtamiyona klubda o'ynashni afzal ko'rdim. "So'g'diyona" jamoasiga va futbolchilarga katta rahmat. Ularga omad tilayman",- deydi Asiljon Begimqulov. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia