

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad, mamlakatimizdagi penchak-silat federatsiyasi, "UzMobayl" kompaniyasi va yana bir qator hamkor tashkilotlar ishtirokida o'tkazilishi kutilayotgan "Asian Fight-2017" musobaqalariga ushbu xonanda, aktyorlar va sportchilarni kengroq jalb qilishdan iboratdir.
Shuningdek, tadbir davomida "UzMobayl" kompaniyasi rahbariyati tomonidan yaqin kunlarda abonentlarga pullik xizmat ko'rsatish milliy valyutada amalga oshirilishi yuzasidan axborot berildi.
Tadbir so'ngida ishtirokchilarga "UzMobayl" kompaniyasi tomonidan abonent kartochkalari tantanali ravishda topshirildi.







Aziz To'xtamurodov



