Ashurmatov: "Olimpiada oldidan O'zbekiston terma jamoasining pley-offga chiqishiga katta umid bog'langandi"

Alisher
28 iyul 2024, 13:31
"Rubin" va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov mamlakat olimpiya terma jamoasining Parijdagi Olimpiadadan chiqib ketganiga munosabat bildirdi.

"Shu o'yin bilan parallel ravishda "Zenit" bilan o'ynadik. O'yindan so'ng darhol kiyim almashtirish xonasida telefonimni oldim va Misr (0:1)ga qarshi o'yin natijasini ko'rdim. Afsus, O'zbekiston Olimpiadadan chiqib ketdi, jamoa Ispaniya (1:2) bilan yaxshi o'ynadi va bemalol durangga erishishi mumkin edi, ammo bir ozgina yetishmadi. Olimpiada oldidan pley-offga katta umid bog'langandi", - dedi Ashurmatov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston OTJ Parij-2024 guruh bosqichida 2 turdan so'ng birorta ochko to'play olmagan holda guruhdan chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Metaratings.ru