Asensio: "Hech qachon "Real"ni tark etishga harakat qilmaganman"

Aslanov Jasurbek
12 sen 2018
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio hech qachon "Qirollik klubi"ni tark etish haqida o'ylamaganini aytib berdi.

Asensio 2014 yilning dekabrida "Real" bilan shartnoma imzolab, 2015 yilning yozida "qaymoqranglilar" futbolchisiga aylangan edi. 2016 yilda Markoning "Espanol"dagi ijarasi yakunlanganidan so'ng, futbolchi "Real"ga qaytdi.

"Men hech qachon jamoadan kyetishga harakat qilmaganman. Bu mening uchinchi mavsumim, yaxshigina tajribaga ega bo'ldim va barqaror o'yin ko'rsatyapman" - deydi Asensio.

Joriy mavsum 22 yoshli futbolchi LaLiganing 3ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal