Asensio: "Barsa" yoki "Betis"? Menga farqi yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
12 yanv 2023
"Real" futbolchisi Marko Asensio Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Valensiya" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu qiyin o'tdi. Har ikki jamoaga ham ritm yetishmadi. Bizga og'ir bo'ldi, ammo finaldamiz va shu eng asosiysi. 

- Nima bo'ldi?

- Ikkinchi bo'limdagi tezkor gol barchasini barbod qildi. "Valensiya" ham yaxshi o'ynadi va buni tan olishimiz kerak. 


- Jismoniy tomonlama siz "Valensiya"ga qaraganda o'yin oxiriga katta zaxira bilan yetib keldingizmi? 

- Biz gol urishni istagandik. Penaltilargacha olib bormaslik uchun. Ammo to'p darvozaga kiravermadi. Finalda ekanligimizdan xursandmiz.


- Finalda "Barsa"mi yoki "Betis"?

- Menga farqi yo'q. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS