ASEAN chempionati-2022. Bu safar ham “jangovar fillar” tengsiz

Eldor Akmurzayev
17 yanv 2023, 08:30
Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari o'rtasida 14-marotaba tashkil etilgan ASEAN chempionati o'z nihoyasiga etdi.

Finalda Tailand ikki o'yin natijasiga (2:2, 1:0) ko'ra Vetnamdan ustun kelib, 7-marotaba mazkur musobaqada g'olib bo'ldi va o'z rekordini yangiladi. Musobaqa to'purarlari esa 6 tadan gol bilan Terasil Dangda va Nguen Ten Lin bo'lishdi.

“Jangovar fillar” bundan oldinroq 1996, 2000, 2002, 2014, 2016, 2021 yillardagi turnirlarda ham muvaffaqiyat qozongan va 2007, 2008, 2012 yillarda finalda imkoniyatni boy bergandi. Vetnamliklar esa 4-marotaba finalga yetib kelib, 2-marotaba (1998, 2023) tituldan mahrum bo'ldi. Ular 2008 hamda 2018 yillardagi musobaqalarda bosh sovrin egasiga aylanishgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia