AS: 2006 yil "Real" Neymarni 60 ming evroga sotib olmagandi

Tolibjon Qosimov
5 sen 2013, 15:12
"Barselona" hujumchisi Neymar 2006 yil "Real"ga o'tishi mumkin ekan, deb xabar bermoqda AS nashri.
Braziliyalik futbolchi o'sha yil ikki hafta davomida "Real"ning Valdebebasdagi bazasida shug'ullangandi, so'ngra klub bilan shartnoma tuzmoqchi bo'lgandi.

2006 yil 30 mart kuni Ispaniya futbol Federatsiyasida Neymar uchun "Real" rahbarlari tomonidan tayyorlangan kartochka qayd etilgandi.

Biroq "Real" 14 yoshli futbolchi uchun 60 ming evro to'lashni istamagan, shu tariqa transfer amalga oshmagan.

Eslatib o'tamiz, mana shu yil yozda Neymar "Barselona"ga 57 million evro evaziga ko'chib o'tdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru