Arveladze "Xall Siti" murabbiyligidan ketdi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2022
Jamoa yangi murabbiy izlashga kirishdi.

"Xall Siti" Chempionship doirasida "Luton Taun"ni qabul qilishidan bir necha soat oldin "yo'lbarslar" bosh murabbiy Shota Arveladze bilan xayrlashishdi. Klub raisi Ajun Ilijali "Xall Siti"ning oxirgi 4 ta mag'lubiyatidan so'ng shu qarorni qabul qildi.

Arveladze jamoa "Suonsi"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgach, unga imkoniyat berishda davom etishlarini aytishgandi, biroq bu sodir bo'lmadi. 

"Paxtakor" sobiq ustozi qo'l ostidagi "Xall" 10 turdan keyin 11 ochko to'plab, 20-o'rinni band qilib turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Hull Live