"Arsenal" "Bavariya" futbolchisini transfer qilmoqchi

Alisher Ostonov
7 mar 2026, 21:03
Avvalroq Leon Gorecka yozda "Bavariya"ni tark etishi ma'lum bo'lgandi.

Tomonlar mehnat shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilishdi.

Futbolchiga "Arsenal" da'vogarlik qilmoqda. Bu haqda insayder Kristian Falk yozmoqda. Qayd etilishicha, Gorecka uchun kurashda londonliklar favorit hisoblanadi. Qishda futbolchi "Atletiko" bilan muzokaralar olib borgandi.

Leon Gorecka joriy mavsum "Bavariya" safida 33 ta o'yinda maydonga tushdi. Unda xavbek ikkita gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/cfbayern