Artyom Filiposyan "Lokomotiv" bilan 6 oylik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2014, 13:50
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Artyom Filiposyan Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma tuzdi.
2014 yilni Xitoyning "Lyaoning Xongyun" klubida boshlagan hamyurtimiz chin yurtidan qaytib keldi.

Ikkinchi davrani himoyachi Vadim Abramov boshchiligidagi "temiryo'lchilar" safida o'tkazadi. Filiposyan "Lokomotiv" bilan 6 oylik shartnoma tuzdi.

Filiposyan oliy ligada "Mashal", "Nasaf" va "Bunyodkor" klublarida faoliyat olib borgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia